Habib O‘zbekistonda akademiya ochib, UFC musobaqasini o‘tkazmoqchi (video)
Sport
−
05 Oktabr 2019
12191Rossiyalik sportchi, mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasida chempioni Habib Nurmuhamedov O‘zbekistonda jang san’atini o‘rgatuvchi akademiyasini ochmoqchi. Bu haqda uning o‘zi “Synergy Global Forum” anjumanidan keyin aytib o‘tgan.
“MMA`ni rivojlantiramiz, akademiya ochamiz. Bu borada O‘zbekistonda do‘stlarimiz va muxlislarimiz ko‘p. Dunyoning qayeriga bormay, o‘zbeklar kelib, omad tilaydi”, dedi Habib.
Sportchi 2020-2021 yillarda O‘zbekiston tarixida ilk bor GFC musobaqasi o‘tkazishni rejalashtiryapti. Musobaqa “Humo Arena”da o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7sentyabr kuni UFC`ning yengil vazn toifasida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi jang o‘tkazdi.
Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan yengdi.
LiveBarchasi