Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, katta miqdorda pul mablag‘larini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Toshkent shahar Mirobod tumanida fuqaro M.X. yana bir fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki xorijiy davlat oliy o‘quv yurtining 1-bosqichini tamomlagani to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berib, ushbu hujjat yordamida o‘qishni ko‘chirish yo‘li bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Qashqadaryoda “tanka”si orqali o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent akademiya firibgar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing