UFC Prezidenti Habibning bo‘lajak janglari haqida gapirdi

Sport

image

UFC Prezidenti Dana Uayt yengil vazn UFC chempioni Habib Nurmuhamedov haqida fikr bildirdi.

“Habib dastlab Toni Fergyusonga qarshi bahs olib borishi kerak. Agar u Tonini mag‘lub etsa, keyin Sen-Perga qarshi jang qilishi mumkin. Bu bahs ham aniq qiziq bo‘ladi”,dedi Dana.

Ma’lumot uchun, Absolute Fighting Championship (UFC) — AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan bo‘lib, tashkilot butun dunyo bo‘ylab aralash yakkakurashlar janglarini (shuningdek MMA nomi bilan tanilgan - inglizcha aralash jang san’atlaridan) olib boradi.

Dastlab, UFC yaratuvchilar tomonidan eng samarali jang san’atini aniqlashga imkon beradigan bir martalik turnir sifatida o‘ylab topilgan va u Vale Tudo musobaqalariga o‘xshaydi.

Hozirgi kunda tashkilotga Dana Frederik Uayt rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Habib hamda Fergyuson o‘rtasida to‘rt marotaba jang tashkil qilish rejalashtirilgan. Ammo, har safar ushbu janglar bekor qilingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Dana Uayt

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing