Habib Nurmuhamedov Otabek Umarovga minnatdorlik bildirdi

Sport

image

Avvalroq, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida MMA bo‘yicha GFC-20 turniri oldidan tadbir tashkilotchilari va uning faxriy mehmonlari ishtirokida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. 

Unda Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedov va O‘zbekiston Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidenti Otabek Umarov ishtirok etdi.

Anjumanda UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Otabek Umarovga minnatdorlik bildirdi.

“Otabek Umarovga ushbu turnirni Toshkentda o‘tkazish uchun harakat qilib, jonbozlik ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, O‘zbekiston MMA federatsiyasining rivojlanishini tilab qolaman”, dedi Habib Nurmuhamedov.

Nurmuhamedov bu sport turi yoshlar orasida ommalashib borayotganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, UFC chempioni yoshlarga o‘z tilaklarini bildirdi.

“Yoshlarning bekorchi vaqti kam bo‘lishi uchun ko‘p vaqtini o‘qish va shug‘ullanish bilan o‘tkazishni tilayman. Negaki, 20-30 yildan keyin mamlakatdagi vaziyat hozir tarbiyalanayotgan yoshlarning qo‘lida bo‘ladi”, dedi Nurmuhamedov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 noyabr kuni poytaxt Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida ilk bor MMA bo‘yicha GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Habib Nurmuhamedov ushbu turnirning faxriy mehmoni sifatida ishtirok etadi.

GFC-20 musobaqasi doirasida Rossiya (5 nafar), O‘zbekiston (7 nafar), shuningdek, Ozarbayjon, Fransiya, Braziliya, Argentina, Surinam, Tunis va Ukraina davlatlarining sportchilari ishtirokida 12 ta jang o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Habib Nurmuhamedov GFC

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing