Habib Maxachevning barcha janglarida sekundantlik qiladi
Sport
−
15 iyun
7419Rossiyalik UFC afsonasi Habib Nurmuhammedov yana bir rossiyalik jangchi, yengil vaznda tashkilot chempioni Islom Maxachevning bo‘lajak barcha janglarida sekundantlik qiladigan bo‘ldi. Bu haqda amerikalik MMA murabbiyi Xaver Mendes “Yee Sports” nashriga bergan intervyusida aytdi.
Iyun oyi boshida Habib 2 yillik tanaffusdan so‘ng Maxachev burchagiga qaytdi va uning himoya jangida amerikalik Dastin Poreni mag‘lub etishiga yordam berdi.
“Pore bilan jangdan oldin Habib menga Islom va boshqa bir qancha top jangchilar burchagida bo‘laman, deb aytdi. Shunday qilib, Nurmuhammedov Maxachevning kelgusi barcha janglarida sekundantlik qiladi. U oldin ko‘proq oilasi bilan vaqt o‘tkazishni xohlayotganini aytardi, endi esa o‘z jamoasi a’zolariga sekundantlik qilayotganidan xursandligini bildirdi”, deydi Xaver Mendes.
Ma’lumot uchun, Habib Nurmuhammedov 2020 yil oktyabr oyida UFC'dan ketgandi. U yengil vazn toifasida UFC jahon chempioni sifatida tashkilot bilan xayrlashdi. Oxirgi jangida 35 yoshli sportchi amerikalik Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratgandi.