Habib Makgregor-Pore jangida kim g‘olib bo‘lishi mumkinligini aytdi

Sport

image

Ertaga, 24 yanvar kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da UFC 257 turniri o‘tkaziladi. Turnirning asosiy voqeasi irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor va amerikalik Dastin Porening jangi bo‘ladi.
 

UFC'ning yengil vazn toifasida amaldagi chempioni rossiyalik Habib Nurmuhamedov ushbu jang natijalari haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Boshida Konor faolroq bo‘ladi. Uchinchi yoki to‘rtinchi raundda esa Dastin bu yigitni mag‘lub etadi, deb o‘ylayman”, degan Habib.

Avvalroq, Habib UFC 257 turniriga borishdan bosh tortgani haqida xabar bergandik. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 16 yanvar kuni Nurmuhamedov UFC Prezidenti Dana Uayt bilan bo‘lgan suhbatida o‘z faoliyatini qayta boshlashga tayyor ekanligini, ammo so‘nggi qarorini Konor va Pore jangi natijasiga qarab aytilishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konor Dastin

Baholaganlar

2868

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing