Habib katta futboldagi debyutiga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Sport
−
25 yanvar 2021 12322 1 daqiqa
UFC chempioni Habib Nurmuhamedov professional futbolchi sifatida karerasini boshlash niyatida ekanligini e’lon qildi.
Rossiyalik jangchining so‘zlariga ko‘ra, u katta futboldagi debyutiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
“Men erkin agentman. Takliflarni kutyapman, ko‘rib chiqamiz”, deb yozgan Nurmuhamedov Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov UFC 254 musobaqasida amerikalik MMA jangchisi Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng professional faoliyatini tugatganini e’lon qildi.
Rossiyalik jangchi faoliyati davomida 29 ta MMA jangida 29 bor g‘alabaga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 yanvar kuni Dastin Porega yengilgan Konor Makgregor Nurmuhamedovni yana bir jang o‘tkazishga taklif qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr