Habib bilan hech qanday uchrashuv belgilanmagan – XOQ

Sport

image

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax UFC kamari sohibi rossiyalik Habib Nurmuhamedov bilan yaqinda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Nurmuhamedov Bax bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvini 1 dekabr kuni O‘zbekistondagi matbuot anjumanida e’lon qilgan edi. U kelgusi yillarda o‘zining asosiy vazifasi Olimpiya o‘yinlari dasturiga aralash yakkakurash turlarini kiritishga erishish, deb aytgan edi o‘sha uchrashuvda u.

“Yo‘q, XOQ prezidenti bilan uchrashuv rejalashtirilmagan", deyiladi tashkilot Matbuot xizmati taqdim etgan ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni rossiyalik aralash kurash jangchisi, UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Toshkentga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

XOQ Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing