Habib 150 million dollarlik jang taklifini rad etdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhammedov Neyt Diasga qarshi jang uchun 150 million dollardan voz kechdi. Bu haqda Xabibning menejeri Rizvon Magomedov ma’lum qildi.

“Eng katta summa taxminan 150 million dollarni tashkil etadi. U Neyt Diasga qarshi har qanday qoida bo‘yicha jang uchun taklifni rad etdi”, deydi Rizvon Magomedov.

Diaz so‘nggi bor 2023 yilning avgustida Jeyk Polga qarshi boks qoidalariga ko‘ra jang qilgan. To‘liq davom etgan ushbu jangda hakamlarning qaroriga ko‘ra, Neyt bir ovozdan mag‘lub bo‘lgan. U MMA'da 21 g‘alaba va 13 mag‘lubiyati  qayd etgan.

Habib so‘nggi bor 2020 yil oktyabr oyida UFC 254 musobaqasida Jastin Getjiga qarshi oktagonga chiqib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga raqibidan ustun kelgan. Uning hisobida 29 g‘alaba bor.


Maqola muallifi

Teglar

Neyt Dias Habib Nurmuhammedov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing