JCHga ilk qadam. O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
03 aprel
7324Bugun, 3 aprel kuni Saudiya Arabistonida start olgan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi “A” guruhi ilk turida O‘zbekiston Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Sadriddin Hasanov hisobni ochgan bo‘lsa, 12-daqiqada Nurbek Sarsenbayev oradagi farqni 2 taga oshirdi. Taym yakunida, ya’ni 40-daqiqada tailandlik futbolchi Silvia Mekses hisobni qisqartirdi. 80-daqiqada Asilbek Aliyev O‘zbekistonning 3-goliga mualliflik qildi. 85-daqiqada Abubakir Shukurullayev yakuniy nuqtani qo‘ydi, 4:1.
Shu tariqa, Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ilk turni g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi turni 6 aprel Xitoyga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
LiveBarchasi