Yevropa klublari uyuşmasi UEFA ustidan şikoyat qildi
Sport
−
10:19 243 1 daqiqa
Yevropa klublari uyuşmasi (UEC) Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EFC) va UEFA örtasidagi özaro anglaşuv memorandumi yuzasidan Yevropa komissiyasiga rasmiy şikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.
2033 yil iyul oyigaça amal qiladigan kelişuvga köra, EFC Yevropa klublari manfaatlarini ifodalovçi yagona taşkilot sifatida belgilangan.
Uç yil avval taşkil etilgan UEC 25 ta milliy assotsiatsiyaga mansub 138 ta klubni birlaştiradi. Taşkilot fikriça, EFC va UEFA örtasidagi kelişuv yirik klublarga boşqa jamoalar taqdiriga, jumladan, ularning Çempionlar ligasi va Yevropa ligasiga yöllanma oliş imkoniyatlariga noqonuniy ta’sir körsatiş imkonini bermoqda.
Şikoyatda mazkur memorandum Yevropa Ittifoqi şartnomasining raqobatga zid kelişuvlar va ustun mavqeni suiiste’mol qilişni taqiqlovçi 101 va 102-moddalarini buzişi ta’kidlangan.
Amaldagi qoidalarga köra, heç bir klub Yevropa futbol konfederatsiyasi va UEFA ruxsatisiz boşqa transçegaraviy assotsiatsiyaga qöşila olmaydi.
Şuningdek, UEC ma’lumotiga köra, taşkilotga a’zo 59 ta klub ehtimoliy bosimdan xavotirlanib, öz a’zoligini oşkor qilmaslikni söragan.
Live
Barchasi