Venesueladagi zilzila qurbonlari 164 kishiga yetdi (fotoreportaj)
Olam
−
25 iyun 2226 1 daqiqa
Kecha, 24 iyun kuni kechqurun Venesuela shimolida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 164 kishi halok bo‘ldi va 971 kishi jarohatlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, eng ko‘p talofat ko‘rgan hudud sohilbo‘yidagi La-Guayra shtati bo‘ldi.



“U yerda o‘nlab binolar qulab tushdi... va hozirda biz odamlar hayotini saqlab qolish uchun jadal qutqaruv ishlarini olib bormoqdamiz”, deydi Rodriges.



Shuningdek, Karakas shahrida ham vayrongarchiliklar bo‘lgani xabar qilinmoqda. Poytaxt aeroporti binosiga shikast yetgan va u yopilgan. Karakasning ayrim hududlarida elektr energiyasi yo‘q, mobil aloqa ishlamayapti. Shaharda metro faoliyati to‘xtatilgan, gaz ta’minoti uzilgan, maktablar yopilgan.



Venesuela Ichki ishlar vaziri Diosdado Kabelo aholini ko‘chada qolishga chaqirgan, chunki takroriy aftershoklar yangi vayrongarchiliklarga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik tunni ko‘chalarda yoki avtomobillarda, metro stansiyalarida va boshqa jamoat joylarida o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xabar berilganidek, Venesuelada 40 soniyalik farq bilan magnitudasi 7,5 va 7,2 ga teng bo‘lgan ikkita zilzila qayd etilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust