O‘zbekistonning Portugaliyaga qarshi o‘yiniga hakamlar tayinlandi

Sport

image

2026 yilgi Jahon chempionatining 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Portugaliya milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi. FIFA mazkur bahsni boshqarish vazifasini marokashlik hakam Jalol Jayedga topshirdi.

Marokashlik hakamga qanotlarda hamyurtlari Zakariya Brinsi va Mustafo Akarkad yordam beradi. To‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakam sifatida Janubiy Afrika Respublikasi vakillari Abongayl Tom hamda Zaxele Sivela faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 2-tur doirasidagi Portugaliyaga qarshi bahs AQSHning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv joriy yilning 23 iyun kuni o‘tkaziladi va Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.

Elatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatidagi ilk golini esa Abbosbek Fayzullayev kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing