O‘zbekistondan Italiya va Fransiyaga parvozlar to‘xtatiladi
Jamiyat
−
06 oktabr 2022 24566 1 daqiqa
Qishki parvozlar jadvaliga o‘tilishi munosabati bilan Urganch–Milan–Toshkent, Urganch–Rim–Toshkent va Toshkent–Parij–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha mavsumiy aviaqatnovlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Italiya va Fransiyaga parvozlar tasdiqlangan jadvalga ko‘ra yozgi parvozlar jadvali oxirigacha quyidagicha amalga oshiriladi:
• Urganch–Rim–Toshkent haftada bir marta – seshanba kunlari (25 oktyabrgacha);
• Urganch–Milan–Toshkent haftada bir marta – juma kunlari (28 oktyabrgacha);
• Toshkent–Parij–Toshkent haftasiga ikki marta – seshanba va juma kunlari (28 oktyabrgacha).
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr