AQŞda parvozlarning töxtab qolişiga nima sabab bölgani aytildi

Olam

−

image

AQŞ aviatsiya tizimida qariyb beş soat davom etgan uziliş va 20 mingdan ortiq reysning keçikişi yoki bekor qilinişiga davlat pudratçisi L3Harris örnatgan router sabab bölgan bölişi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yangi qurilma boşqa routerlarga haddan taşqari köp ulaniş sörovlarini yuborib, aloqa tizimiga ortiqça yuklama tuşirgan. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 13 noyabr kuni yuz bergan. AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi mamlakat böylab parvozlarni vaqtinça töxtatişga majbur bölgan. Muammo mamlakatdagi 22 ta parvozlarni boşqariş markazidan 17 tasida kuzatilgan.

AQŞ Transport vaziri Şon Daffining aytişiça, L3Harris kompaniyasi eski mis simli aloqa liniyalarini optik tolali tizimga almaştiriş böyiça rejali texnik işlarni olib borayotgan bölgan. Muammolar Arkanzas va Texas ştatlaridagi ob’ektlarga örnatilgan routerlar bilan boğliq bölişi mumkin.

Daffining tuşuntirişiça, yangi routerlar har 4–5 soniyada boşqa qurilmalarga 1 000 dan ortiq ulaniş sörovlarini yuborgan. Bu esa AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi markazlarida samolyotlar va radarlar bilan boğliq ma’lumotlar almaşinuvida muammolarni keltirib çiqargan.

Hozirça nosozlik routerlarning özidagi nuqson sababli yuz berganmi yoki ularni örnatiş va texnik xizmat körsatiş jarayonida xatoga yöl qöyilganmi, aniqlanmagan. Daffi kompaniya vakillari bilan birgalikda buning sababini örganiş davom etayotganini bildirgan.

L3Harris kompaniyasi hodisani jiddiy qabul qilayotganini va tekşiruvda AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasiga yordam berayotganini ma’lum qilgan. Kompaniya eski mis simli aloqa tizimini optik tolali tarmoqqa ötkaziş böyiça rejalaştirilgan işlarning 70 foizdan ortiğini bajargan.

Ma’lum qilinişiça, muammo yuzaga kelgan routerlar qariyb 25 yildan beri işlatilgan. Ularni 2006 yildayoq almaştiriş rejalaştirilgan edi. AQŞ Federal aviatsiya boşqarmasi esa eskirgan aloqa tizimlarini yangilaş uçun yiliga 1 milliard dollar sarflaydi.

Ma’lumot uçun, AQŞ aviatsiya tizimida bunday yirik uzilişlar avval ham kuzatilgan. 2023 yilda davlat pudratçilaridan biri fayllarni tasodifan öçirib yuborişi oqibatida mamlakat böylab parvozlar 90 daqiqaga töxtatilgan va 11 mingta reysga ta’sir körsatgan.

Eslatib ötamiz, AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (FFA) keça, 13 noyabr kuni keçasi minglab reyslar işini izdan çiqargan va turli ştatlardagi yuz minglab yölovçilarga ta’sir körsatgan tört soatlik töxtalişdan söng parvozlarga qöyilgan umummilliy taqiqni bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing