Özbekiston va Tailand vizasiz rejim böyiça bitim imzolaşga kelişdi
Jamiyat
−
15:29 730 2 daqiqa
Avvalroq, Tailand hukumati Özbekiston, Kolumbiya va Meksika fuqarolari uçun mamlakatga 15 kungaça vizasiz kiriş tartibini joriy etişni taklif qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Tailandga vizasiz safar qiliş masalasi yuzasidan olib borilayotgan muzokaralar haqida ma’lumot berdi.
Vazirlikka köra, joriy yilning may oyidan buyon Özbekiston fuqarolarining Tailandga borişi uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, Tailand Taşqi işlar vazirligi bilan bir qator töğridan töğri muzokaralar ötkazilgan. Ular davomida ikki mamlakat örtasida vizasiz safarlar töğrisidagi bitimni imzolaş böyiça kelişuvga erişilgan. Hozirda mazkur hujjat matni Tailand tomonidan körib çiqilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston fuqarolari Tailand elektron vizalarini rasmiylaştirişda duç kelayotgan muammolarni hal etiş böyiça ham diplomatik işlar olib borilmoqda. Bu yönalişda Özbekistonning Tailanddagi Boş konsulxonasi Tailand Taşqi işlar vazirligi hamda Turizm va sport vazirligi bilan muntazam uçraşuvlar ötkazmoqda. Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi esa Tailandning Moskvadagi diplomatik vakolatxonasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Tailand hukumati tomonidan taklif etilayotgan 15 kunlik vizasiz tartib xorijlik sayyohlar uçun viza rasmiylaştiriş jarayonidagi keçikişlarni bartaraf etiş va uzoq masofadan keluvçi turistlar oqimini oşirişga qaratilgan.
Ma’lumotlarga köra, viza olişdagi muammolar, ayniqsa, Lotin Amerikasi davlatlaridan kelayotgan sayyohlarga qiyinçilik tuğdirmoqda. Jumladan, Emirates aviakompaniyasi Tailand turizm idorasiga Meksikadan uçayotgan yölovçilarning vizalari öz vaqtida rasmiylaştirilmagani sababli reyslarga kela olmayotgani yuzasidan şikoyat qilgan. Har bir reysda 20–30 nafar yölovçi safarga çiqa olmagani qayd etilgan.
Tailand vaziri Surasak Pxançarayenvorakul taklif etilayotgan tartib xavfsizlik va iqtisodiy jihatdan baholanişini bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, xavfsizlik nuqtai nazaridan past xatarli deb topilgan davlatlar fuqarolari uçun vizasiz kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş közda tutilgan.
Tailand hukumati taklifiga köra, tegişli masala 9 noyabr kuni Viza siyosati qömitasi yiğilişida körib çiqilişi kutilmoqda. Hozirça Özbekiston fuqarolari uçun 15 kungaça vizasiz kiriş tartibi rasman tasdiqlanmagan.
Live
Barchasi27 Oktyabr