Turkiya parlamenti faoliyatini to‘xtatdi
Olam
−
06 Fevral 2023 14738 1 daqiqa
Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) mamlakat janubi-sharqida ro‘y bergan vayronkor zilzila tufayli bir haftaga o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 6 fevral kuni iqtidordagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi parlamentdagi fraksiyasi rahbari Mustafo Elitash ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror parlamentda vakillik qilgan barcha siyosiy partiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Elitash, qonunchilar zilziladan jabr ko‘rgan fuqarolarga yordam berish uchun falokat hududida bo‘lishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 fevral kuni ertalab Turkiyada 7 8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Toshkent vaqti bilan soat 19:00 holatiga ko‘ra, ketma-ket silkinishlar oqibatida 1121 kishi halok bo‘lgan, 7634 kishi jarohatlangan. Silkanishlar Suriya, Livan va Kipr kabi bir qancha qo‘shni mamlakatlarda ham sezildi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr