Tramp FIFA mojarolari fonida Infantinoni qo‘llab-quvvatladi
Sport
−
09:31 666 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Janni Infantinoning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi gaplarni xato deb atadi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.
“Agar FIFA qandaydir sababga ko‘ra o‘z prezidenti Janni Infantinoni almashtirishni o‘ylayotgan bo‘lsa, bu dahshatli xato bo‘lar edi. U avvalgilaridan to‘rt baravar muvaffaqiyatli bo‘lgan Jahon chempionatini boshqargani uchun juda yaxshi rahbar. Agar Infantino ketsa, Jahon chempionatlari endi hech qachon muvaffaqiyatli yoki daromadli bo‘lmaydi”, deb yozdi Tramp.
Avvalroq, FIFA federatsiyaning tijoriy va turnirlarni tashkil etish faoliyatini birlashtiruvchi FIFA Forward Enterprise (FFE) tashkilotini tuzish rejasini e’lon qilgan va xususiy investorlarni undagi ulushlarni sotib olishga taklif qilgan edi.
Ushbu taklif UEFA tomonidan salbiy qabul qilindi. Shuningdek, Jahon chempionatini boykot qilish tahdidlari ham bildirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Keyinchalik FIFA Janni Infantinoning bayonotini e’lon qildi. Unda Infantino loyiha atrofidagi bahs-munozaralarni tan olgan va taklif amalga oshirilmasligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Infantino 2016 yildan beri FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda. Shveysariyalik amaldor 2019 va 2023 yillarda ushbu lavozimga yana ikki marta qayta saylangan. FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yilda bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi