Toşkentdagi oşxonada yonğin sodir böldi
3-sahifa
−
14:47 177 1 daqiqa
Bugun, 19 noyabr kuni Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanidagi ovqatlaniş maskani oşxonasida yonğin sodir böldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Bu haqda Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yonğin haqidagi xabar soat 08:01 da FVBBga kelib tuşgan. Şundan söng, qutqaruvçilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Yonğin soat 08:14 da qurşab olinib, 08:18 da töliq öçirilgan.
Hodisa oqibatida ovqatlaniş maskanining tom qismi yonib zararlangan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğin oqibatida jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Qarşi şahridagi oilaviy restoranda yonğin sodir bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi