Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Koreya Milliy yodgorlik majmuasiga bordi
Jamiyat
−
13:28 442 1 daqiqa
Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan vatanparvarlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatishdan boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari rafiqasi bilan birga Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ygan hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirgan.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrifi bilan Seul shahriga borgani haqida xabar berilgan edi. Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar kutib oldi.
Live
Barchasi