Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 80 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
04 Sentabr
1992Nigeriyada “Boko Haram” terroristik guruhi Yobe shtatidagi Mafa qishlog‘iga hujum qilib, 80 ga yaqin odamni o‘ldirdi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, 1 sentyabr kuni soat 16:00 atrofida miltiq va o‘q-dorilar bilan qurollangan 150 ga yaqin “Boko Haram” terrorchilari 50 dan ortiq mototsiklda hukumat bo‘limiga hujum qilgan.
“Ular ko‘p odamlarni o‘ldirdi, ko‘plab do‘konlar va uylarni yoqib yubordi. Hujumda halok bo‘lganlarning haqiqiy sonini hali aniqlaganimiz yo‘q”, dedi mahalliy rasmiylar.
Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, hujumdan maqsad “Boko Haram”ning ikki jangarisi Mafa askarlari tomonidan o‘ldirilgani uchun qasos olish bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, “Boko Haram” Nigeriyada 2002 yildan beri faol bo‘lib, guruh a’zolari G‘arb ta’siriga qarshi kurashadi. So‘nggi yillarda harakat yanada radikallashdi. Bu guruh terrorchilari bir necha yil davomida minglab insonlarni o‘ldirdi. Xususan, “Boko Haram” va boshqa guruhlar Nigeriya shimoli-sharqida 15 yildan beri 40 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Markaziy va shimoli-g‘arbiy Nigeriya aholisi ko‘p yillar davomida “banditlar” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu jinoyatchi to‘dalardan aziyat chekadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning janubi-g‘arbiy provinsiyasi Balujistonda sodir etilgan teraktlar oqibatida kamida 73 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi