Melaniya Tramp Putin va Zelenskiyga şaxsiy maktub yozdi
Olam
−
11:04 649 2 daqiqa
AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp keça, 5 noyabr kuni Oleşkida gumanitar missiya yakunlanganidan söng Oq uyda Rossiya va Ukraina vakillarining uçraşuvini ötkazdi. Bu haqda Oq uy saytida xabar berildi.
Qayd etilişiça, Amerika yetakçisining turmuş örtoği Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiyga şaxsiy maktublarni topşirgan. Ularning mazmuni oşkor etilmayapti.
Melaniya Tramp bilan ötkazilgan uçraşuvda Rossiya tomonidan Prezidentning maxsus vakili Kirill Dmitriyev va Inson huquqlari böyiça vakil Yana Lantratova iştirok etgan. Ukraina şarafini ombudsman Dmitriy Lubinets va “Sluga naroda” parlament fraksiyasi rahbari David Araxamiya himoya qilgan.
Qöşma Ştatlarning birinçi xonimi operatsiyani rejalaştirişda şaxsan iştirok etganini, minalardan tozalaş xaritalarini, evakuatsiya yönalişlarini va tibbiy yordam yetkazib beriş yöllarini örganib çiqqanini aytgan. U Moskva va Kiyevning birgalikdagi işi davom etişiga umid bildirgan.
“Umid qilamanki, bu yanada keng kölamli tinçlikni örnatiş uçun asos bölib xizmat qiladi. Bu taşabbusning kamtarligi emas, balki uni ğayrioddiy bir narsaga aylantirişi muhimdir”, deydi Melaniya Tramp.
Uning sözlariga köra, begunoh odamlarning hayoti uruş keltirib çiqargan kelişmovçiliklardan muhimroq bölişi kerak.
AQŞ birinçi xonimi, şuningdek, Rossiya va Ukraina Prezidentlariga gumanitar missiyani taşkil etişda körsatgan kömagi uçun minnatdorlik bildirgan.
Ukraina delegatsiyasi Melaniya Trampga Vladimir Zelenskiy tomonidan berilgan I darajali knyaginya Olga ordenini topşirgan.
Eslatib ötamiz, Oleşkidagi gumanitar missiya Amerika yetakçisi turmuş örtoğining taşabbusi bilan taşkil etilgan edi. Rossiya va Ukraina uning kömagida gumanitar operatsiyani ta’minlaş uçun öt oçişni töxtatişga rozi bölgan. Qamal ostidagi şaharda asosan keksalardan iborat 2 mingga yaqin kişi va 50 ga yaqin bolalar qolayotgan edi. Ikkala mamlakat vakillari oilalarning ehtiyojlarini baholagan hamda Rossiya yoki Ukrainaga ketişni xohlaganlar uçun transport bilan ta’minlagan.
Oleşki şahri Xerson viloyatida joylaşgan. Kiyev uni bosib olingan hudud deb ataydi. Aholi punktida elektr energiyasi, suv, issiqlik, muntazam ravişda oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib beriş imkoniyati yöq. Keskin öqqa tutişlar va dronlarning doimiy hujumlari sababli u yerga quruqlik orqali kiriş qiyinlaşgan.
Live
Barchasi