Kreslo va sigaret: Kimning turistik zonaga taşrifi şov-şuvga sabab böldi (foto)

Olam

−

image

KXDR yetakçisi Kim Çen In Samçjiyon şahridagi turistik zona qurilişi maydoniga taşrif buyurdi. Taşrif çoğida u uçun köçaga haşamatli kreslo olib çiqilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar berdi.

Telegraf agentligi xabariga köra, joriy yilning 15 va 16 noyabr kunlari Kim Çen In Samçjiyon şahridagi turistik zona quriliş maydonçasida bölgan. Hozirda u yerda kompleks toğ turizmi zonasi va yil böyi faoliyat yurituvçi toğ turizmi zonasi qurilişi davom etmoqda. Kim Çen In Pukpxotxe toği hududidagi toğ-çanği va turistik dam oliş zonasi qurilişini közdan keçirgan.

Agentlik tomonidan e’lon qilingan suratda taşrif vaqtida Şimoliy Koreya yetakçisi uçun köçaga haşamatli kreslo olib çiqilib, töğridan töğri qor ustiga qöyilganini köriş mumkin. Kim Çen In uşbu kresloda qölida sigaret bilan ötirgan holda suratga olingan.

Bundan taşqari, kameralar ob’ektiviga KXDR yetakçisining qizi – yangi turistik zonada çanği uçgan Kim Çju E ham tuşib qolgan.

Jahon OAVlari Kim Çen In 13 yoşli qizi Kim Çju Eni hokimiyatni topşirişga tayyorlamoqda, deb hisoblamoqda. Xususan, bu haqda KXDRdan qoçib ketganlar sözlab bergan. Masalan, KXDRning Londondagi elçixonasi sobiq xodimi Txe Yon Xoning aytişiça, Kim Çju E raketa poligonlari va mudofaa korxonalariga taşrif buyurgan vaqtda yuqori martabali amaldorlar unga nisbatan Kim Çen Irdan keyin hokimiyat vorisligiga tayyorlanayotgan Kim Çen Inning öziga qöllanilgan protokolni eslatuvçi tartib-qoidalarga rioya qilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In Xitoyga taşrif buyurgandi. U çegaradagi Dandun şahriga yaqinda oçilgan Yalutszyan daryosi orqali ötuvçi Yangi köprik orqali mamlakatga kirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing