Quyoş tizimining çekka hududida qadimiy suv zaxirasi izlari topildi
Bu qiziq
−
11:54 848 2 daqiqa
Olimlar koinot çangi zarraçalarini tahlil qiliş orqali Quyoş tizimining çekka qismida, Neptun orbitasidan taşqarida joylaşgan Koyper kamari hududida qadimiy suv zaxirasi bölganiga dalil topdi. Tadqiqotga köra, uşbu suv tarkibida oğir kislorod izotoplari miqdori Yer okeanlaridagi suvga nisbatan ança yuqori bölgan. Bu haqda “Naked Science” naşri xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Lindon Jonson nomidagi kosmik markazdan Lindsi Keller boşçiligidagi amerikalik sayyoraşunoslar guruhi NASA katalogidagi 10–30 mikrometr ölçamdagi 12 ta kosmik çang zarrasini örgangan. Uşbu zarraçalar Yer stratosferasidan yiğib olingan.
Tahlillar davomida zarraçalar tarkibida asosan saponit va oz miqdorda serpentin kabi suv ta’sirida hosil böladigan gilli minerallar aniqlangan. Bu minerallar qadimda suvning boşqa moddalar bilan kimyoviy ta’sirlaşuvi natijasida paydo bölgan.

Olimlar zarraçalardagi kislorod izotoplarining nisbatini ölçab, ularning köplab meteoritlarda uçraydigan körsatkiçlardan farq qilişini aniqlagan.
Hisob-kitoblarga köra, minerallar bilan ta’sirlaşgan qadimiy suvda kislorod-18 izotopining kislorod-16 izotopiga nisbati hozirgi okean suvidagi körsatkiçdan taxminan 15,5 foiz yuqori bölgan bölişi mumkinBiroq tadqiqot mualliflari bu natija qadimiy muz tarkibini töğridan-töğri ölçaş emas, balki modellaştiriş asosida olingan yuqori çegaraviy körsatkiç ekanini ta’kidlagan.
Qayd etilişiça, Koyper kamari Quyoş tizimining Neptun orbitasidan taşqaridagi qismi bölib, u yerda köp miqdorda suv muzini saqlagan osmon jismlari mavjud. Uşbu hududdagi jismlar Quyoş tizimi şakllangan davrdan buyon nisbatan kam özgargani bilan ajralib turadi.
Olimlarning fikriça, kaşfiyot ilk Quyoş tizimida suv va kislorod izotoplari qanday taqsimlanganini, şuningdek, sayyoralardan uzoq hududlarda qanday kimyoviy jarayonlar keçganini yaxşiroq tuşunişga yordam beradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Olimlar Yerdan taxminan 11,5 yoruğlik yili uzoqlikda joylaşgan GJ 725A qizil mitti yulduz tizimidan 45 megagers çastotali sirli radiosignalni aniqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi