Isroilning Ğazoga hujumlari oqibatida 16 kişi halok böldi
Olam
−
19:52 146 1 daqiqa
Öt oçişni töxtatiş rejimiga qaramay davom etayotgan Isroil armiyasining Ğazo sektoriga hujumlari oqibatida sönggi 48 soat içida 16 kişi halok böldi. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning yozma bayonotida 2023 yil oktyabr oyidan buyon Isroilning sektorga uyuştirgan hujumlari oqibatida halok bölganlar va jarohatlanganlar soni böyiça sönggi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, sönggi 48 soat içida Ğazo sektori şifoxonalariga 16 nafar halok bölganlarning jasadi va 68 nafar yarador olib kelingan.
2025 yil 10 oktyabrda öt oçişni töxtatiş rejimi kuçga kirganidan beri Isroil hujumlari oqibatida 1 643 kişi halok bölgan, yana 5 964 kişi yaralangan. Şu davr mobaynida vayronalar ostidan 850 kişining jasadi çiqarib olingan.
2023 yil oktyabr oyidan buyon Isroilning Ğazo sektoriga hujumlari oqibatida halok bölganlarning umumiy soni 74 695 kişiga yetgan, yaralanganlar soni esa 176 093 nafarga oşgan.
Xabar qilinişiça, Ğazo sektoridagi vayron bölgan binolar xarobalari ostida hamon minglab halok bölganlarning jasadlari qolmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil harbiylari Ğazo sektori janubidagi Nosir şifoxonasiga zarba bergandi. Oqibatda olti kişi halok bölgan, kamida 12 kişi jarohatlangan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr