Isroilning Ğazodagi şifoxonaga hujumi oqibatida 6 kişi halok böldi
Olam
−
12:39 405 1 daqiqa
Isroil harbiylari Ğazo sektori janubidagi Nosir şifoxonasiga zarba berdi. Oqibatda olti kişi halok böldi, kamida 12 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Hujum bugun, 12 noyabr kuni ertalab Xon-Yunus şahrida joylaşgan şifoxonaga uyuştirilgan. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, zarba tibbiyot muassasasining jarrohlik bölimiga berilgan. Halok bölganlar orasida bir nafar şifokor ham bor. Zarba oqibatida binoning ikkinçi qavatining bir qismi vayron bölgan.
Isroil armiyasi hujumni tasdiqlagan. Harbiylar zarba “HAMASning yuqori martabali a’zosi” va boşqa jangçilarga qaratilganini bildirgan, biroq bu da’voni tasdiqlovçi dalillarni taqdim etmagan.
Ma’lumot uçun, Xon-Yunusdagi Nosir şifoxonasi uruş oqibatida Ğazoda faoliyatini davom ettirayotgan sanoqli tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Isroil HAMAS va uning ittifoqçilarini harbiy faoliyat uçun şifoxonalardan foydalanişda ayblab keladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil armiyasining Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlarida kamida 8 nafar falastinlik, jumladan, 4 yoşli bola halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi