Isroilning Ğazoga hujumlarida kamida 8 falastinlik halok böldi
Olam
−
09:32 265 2 daqiqa
Isroil armiyasining Ğazo sektoriga uyuştirgan hujumlarida kamida 8 nafar falastinlik, jumladan, 4 yoşli bola halok böldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, keça, 1 noyabr kuni Ğazo sektorining janubidagi Xon Yunis şahri ğarbidagi al-Mavosi hududida Isroil dronlari hujumi oqibatida 5 nafar falastinlik politsiyaçi halok bölgan, bir neça kişi yaralangan. Falastin Içki işlar va Milliy xavfsizlik vazirligi ma’lumotiga köra, ular xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda nişonga olingan.
Şuningdek, Ğazo sektorining şimolida, Ğazo şahrining ar-Rimal mahallasiga berilgan dron zarbasi oqibatida yana kamida 3 kişi, jumladan, 4 yoşli bola halok bölgan. Bu haqda aş-Şifo şifoxonasi manbalari ma’lum qilgan.
Isroil armiyasi esa janubiy Ğazodagi hujumda “terrorçi” nişonga olinganini bildirgan.
Falastin Içki işlar vazirligi ötgan yilning oktyabr oyida HAMAS bilan öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirganidan beri Isroil hujumlari oqibatida kamida 75 nafar politsiyaçi va xavfsizlik xodimi halok bölganini ma’lum qilgan.
HAMAS sönggi hujumlarni “qasddan sodir etilgan harbiy jinoyat” deb atagan.
Ma’lumot uçun, AQŞ vositaçiligida erişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvi 2025 yilning oktyabr oyida kuçga kirganiga qaramay, Isroilning Ğazoga hujumlari davom etmoqda. Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilning oktyabridan buyon Isroil hujumlari oqibatida kamida 74 594 nafar falastinlik halok bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Isroil bosib olgan Ğarbiy Sohilda yahudiy köçmançilar tomonidan amalga oşirilgan hujumlar çoğida Fransiya, Belgiya va Polşa diplomatlariga tegişli avtomobillarga toş otilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr