Islom dunyodagi eng yirik dinga aylanadi – “Pew Research Center”
Olam
−
16:58 491 2 daqiqa
2035 yilga borib musulmonlar soni nasroniylardan oşib, Islom dunyoda eng köp e’tiqod qilinadigan dinga aylanişi kutilmoqda. Bu haqda AQŞning “Pew Research Center” tahlil markazi mutaxassislari dunyodagi diniy tarkib özgarişi böyiça prognozlarini e’lon qildi.
Markaz ma’lumotlariga köra, özgarişning asosiy sabablaridan biri musulmon oilalarda boşqa yirik diniy guruhlarga nisbatan farzandlar soni köpligidir. 2020–2025 yillarda bir musulmon ayolga örtaça 3,1 nafar, nasroniy ayolga esa 2,5 nafar farzand töğri kelgan. Boşqa diniy guruhlarda tuğilişning örtaça koeffitsiyenti 1,6 ni taşkil etgan. Bu aholi sonini avloddan avlodga saqlab qoliş uçun zarur deb hisoblanadigan 2,1 körsatkiçidan past.
2020 yilda nasroniylar dunyodagi eng yirik diniy guruh bölgan. Öşa paytda ularning soni 2,27 milliardni, musulmonlar esa 2,02 milliardni taşkil etgan. Biroq prognozlar oradan 15 yil ötib vaziyat özgarişini körsatmoqda: 2035 yilga borib musulmonlar soni 2,57 milliardga yetişi, nasroniylar soni esa 2,52 milliard bölişi kutilmoqda.
Keyingi ön yilliklarda ham bu farq ortib borişi mumkin. Jumladan, hozirgi tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda, 2070 yilga borib musulmonlar soni 3,6 milliarddan oşadi. Nasroniylar soni esa 3 milliardga ham yetmasligi prognoz qilinmoqda. Hisob-kitoblarda aholining yoş tarkibi, tuğiliş darajasi, diniy e’tiqodning özgarişi va migratsiya jarayonlari ham inobatga olingan.
Tahlil markazi prognozlari faqat dunyo miqyosidagi özgarişlar bilan çeklanmaydi. Masalan, AQŞda ham nasroniylar uluşi pasayib borişi mumkin. Hozirda ular mamlakatdagi katta yoşli aholining 62 foizini taşkil etadi.
“Pew Research Center” mutaxassislari hisob-kitobiga köra, 2065 yilga borib bu körsatkiç 50 foizdan ham pastga tuşişi ehtimoli bor. Bu esa taxminan 40 yildan keyin nasroniylar AQŞda köpçilikni taşkil etmasligini anglatadi.
Yevropada esa diniy e’tiqodga ega bölmagan aholi uluşi ortişi kutilmoqda. 2020 yilda ular aholining 25 foizini taşkil etgan bölsa, 2070 yilga borib bu körsatkiç qariyb 33 foizga yetişi mumkin. Şu bilan birga, musulmonlar uluşi ham deyarli ikki baravar köpayib, 6 foizdan 13 foizgaça oşişi prognoz qilingan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2027 yil uçun tuzilgan dunyoning 500 nafar eng nufuzli musulmoni reytingida 40-örinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi