Fransiyada soğliği yomonlaşib, oğir vaziyatda qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi

O‘zbekiston

−

image

Fransiyada oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan özbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston elçixonasi “Uzbekistan Airways“ aviakompaniyasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda xorijda oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan Özbekiston fuqarosining mamlakatga qaytişiga kömaklaşgan.

Aniqlanişiça, Özbekiston fuqarosi E.L. Yevropaga yuk avtomobili haydovçisi sifatida işlaş uçun borgan. Fransiyadagi xizmat safari çoğida uning soğliği keskin yomonlaşgan. Şundan söng u Lill şahridagi şifoxonalardan biriga yotqizilib, u yerda uzoq vaqt davolangan.

U şifoxonada bölgan vaqt davomida Özbekiston diplomatlari bemor, tibbiyot muassasasi hamda uning yaqinlari bilan muntazam aloqada bölib, zarur yordam körsatib turgan. Oilasining iltimosiga binoan, joriy yilning 13 noyabr kuni u Özbekistonga olib kelingan. Toşkentga yetib kelgaç, u davolanişni davom ettirişi uçun tibbiyot muassasasiga joylaştirilgan.

“Özbekistonning Fransiyadagi elçixonasi mamlakatimiz fuqarolarining xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, murakkab vaziyatlarga tuşib qolganlarga konsullik-huquqiy yordam körsatiş böyiça işlarni davom ettirmoqda“, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida qiyin moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh Özbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing