Estoniya Rossiya bilan barça çegara punktlarini yopadi
Olam
−
16:26 270 2 daqiqa
Estoniya 1 dekabrdan boşlab Rossiya bilan barça çegara ötkaziş punktlari faoliyatini töliq töxtatadi. Mamlakat Taşqi işlar vaziri Margus Saxna bu qaror Rossiyaning Estoniya hududidagi duşmanona harakatlarini çeklaş va sanksiyalarni çetlab ötiş holatlarining oldini olişga qaratilganini bildirdi. Bu haqda Estoniya Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Vazirning ma’lum qilişiça, çegara punktlarini yopiş qarori Rossiya harbiy razvedkasi Estoniyadagi Threod Systems mudofaa korxonasiga öt qöyişga urinişni taşkil etgani haqidagi ma’lumotlar olinganidan keyin qabul qilingan.
“Estoniya 1 dekabrdan boşlab Rossiya bilan barça çegara ötkaziş punktlarini yopadi. Bu Rossiyaning mamlakatimizda duşmanona harakatlarni amalga oşiriş imkoniyatlarini kamaytiradi va sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi çoralarni kuçaytiradi”, deb yozdi Margus Saxna ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Şuningdek, u Rossiya Estoniyaga qarşi harakatlari oqibatsiz qolmasligini tuşunişi kerakligini ta’kidlagan. Vazirning sözlariga köra, mamlakatni qörqitiş, vaziyatni beqarorlaştiriş yoki xavfsizlikka tahdid solişga urinişlarga javob qaytariladi.
Estoniya Boş vaziri Kristen Mixal ham Rossiya bilan çegarani yopiş rejalarini tasdiqladi. Uning ta’kidlaşiça, Threod Systems korxonasiga nisbatan sabotaj uyuştirişga urinişdan maqsad Tallinning Ukrainaga körsatayotgan yordamini zaiflaştiriş bölgan.
Estoniya rasmiylari Rossiyaning uşbu hodisaga aloqadorligi haqida ma’lumotlar borligini bildirgan bölsa-da, ayblovlarni tasdiqlovçi aniq dalillarni ommaga taqdim etmagan. Moskva esa bunga öxşaş ayblovlarni avval ham rad etib kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya hukumati Finlyandiya, Estoniya va Latviya bilan yettita temir yöl çegara ötiş punkti faoliyatini töxtatiş töğrisida qaror qabul qilgan edi. Qaror joriy yilning 1 iyuldan kuçga kirgan va unga muvofiq mazkur punktlar orqali yölovçilar, transport vositalari hamda yuk poyezdlarining harakati töliq töxtatilgan.
Live
Barchasi