“Dahşatli fojia“. AQŞda samolyot turar joylar hududiga quladi (video)

Olam

−

image

AQŞning Florida ştatidagi Palm-Biç okrugida keça, 1 noyabr kuni xususiy samolyot turar joylar joylaşgan hududga quladi. Oqibatda bortdagi töqqiz kişining barçasi halok böldi. Bu haqda “Reuters“ xabar berdi.

Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotiga köra, Learjet 60 rusumli samolyot Texas ştatidagi Ostin-Bergstrom xalqaro aeroportidan havoga kötarilgan va Bagama orollaridagi Nort-Eletera aeroportiga yöl olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda samolyot yöl yaqiniga qulagani va kuçli portlaş sodir bölgani aks etgan.

Florida gubernatori Ron Desantis halokat joyi yaqinidagi Leyk-Uort-Biç şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida voqeani katta fojia deb atagan.

“Videoni körganingizda, bu dahşatli manzara ekanini tuşunasiz. Samolyot xuddi raketadek pastga tuşdi va ulkan portlaş yuz berdi, parçalar har tomonga soçildi“, degan u.

AQŞ Milliy transport xavfsizligi kengaşi halokat yuzasidan tergov boşlagan. Transport vaziri Şon Daffi ham hodisani dahşatli fojia deb atagan.

Palm-Biç okrugi komissari Joel Floresning aytişiça, samolyot qulagan joyda, köçma uylar joylaşgan hududga kiriş qismi yaqinida ulkan krater hosil bölgan. Hodisa hududidan qariyb 600 kişi evakuatsiya qilinib, okrugdagi ikkita vaqtinçalik boşpanaga joylaştirilgan.

Mayami havo harakatini boşqariş markazidagi suhbatlar yozuvi samolyot qulaşi oldidangi sönggi daqiqalarni batafsil aks ettirgan. LiveATC saytida e’lon qilingan audioyozuvga köra, avvaliga samolyot kabinasidagi şaxs dispetçerga muzlaş holati bilan kuraşayotganini, şuningdek, örtaça darajadagi turbulentlik kuzatilayotganini aytgan va parvoz uçun qulayroq şaroit söragan.

Oradan bir daqiqaga ham yetmay, u “Mayday, Mayday“ deb favqulodda signal bergan va samolyot daqiqasiga 10 ming fut tezlikda keskin pastlayotganini bildirgan.

Bir neça soniyadan söng ekipaj favqulodda vaziyat e’lon qilgan. Bu vaqtda samolyotning pastlaş tezligi daqiqasiga 20 ming futgaça oşgan. Oradan 20 soniyaga ham yetmay, kabinadagi şaxs samolyot yerga qulaşi mumkinligini aytgan. Şu paytda pastlaş tezligi daqiqasiga 22 ming futga yetgan, samolyot esa burila boşlagan.

Dastlabki favqulodda signal berilganidan taxminan 35 soniya ötib, kabinadan eşitilgan sönggi gap “Vaqtimiz tugadi“ degan sözlar bölgan.

AQŞning Bombardier kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilgan Learjet 60 samolyoti halokatining sabablarini örganiş işlari davom etmoqda. Kompaniya tergovga töliq kömaklaşişini va zarur hamkorlikni amalga oşirişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nigeriyaning janubi-ğarbiy qismidagi Ondo ştatida harbiy samolyot qulaşi oqibatida bortdagi 25 yölovçi va 7 ekipaj a’zosi, jami 32 kişi halok bölgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing