O‘zbekistonlik shifokor samolyotda ayolni qutqarib qoldi (video)

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyot bortida kuchli shok holatiga tushib qolgan ayolni qutqarib qoldi. Bu haqda “TJB News” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondan Koreyaga uchayotgan samolyot bortida bir ayol yo‘lovchi to‘satdan kuchli shok holatiga tushib qolgan.

Videoni taqdim etgan yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytda ayolning diastolik qon bosimi 20 gacha tushib ketgan. Samolyot kapitani bortda shifokor qidirgan va hatto favqulodda qo‘nishni ham ko‘rib chiqqan.

Aynan shu paytda Chungbuk universitetida amaliyot o‘tash uchun Koreyaga ketayotgan o‘zbekistonlik Hasan ismli shifokor yaqin o‘rindiqda o‘tirgan bo‘lgan. Otorinolaringolog bo‘lgan shifokor Hasan darhol o‘rnidan turib, ayolga kislorod berib, ukol qilib, birinchi yordam ko‘rsatishni boshlagan. Shuningdek, atrofdagi yo‘lovchilar ham suv, konfet va shokolad berib, yordamlashgan.

Qayd etilishicha, ko‘rsatilgan yordam sababli favqulodda qo‘nishga hojat qolmagan va samolyot reja bo‘yicha Koreyaga yetib kelgan.

“Aziz do‘stlar, men har qanday vaziyatda, har doim sizlarga yordam berishga tayyorman. Bu mening sizlarning oldingizdagi burchimdir”, degan o‘zbekistonlik shifokor unga minnatdorlik bildirganlarga.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing