“Buzoqning yugurgani somonxonagacha”. Toshkentda IIO xodimiga bo‘ysunmagan haydovchi qurol bilan to‘xtatildi (video)
3-sahifa
−
12 iyun 11016 1 daqiqa
Kecha, 11 iyun kuni Cobalt rusumidagi mashina haydovchisi avtomobillarga shikast yetkazib, IIO xodimlarining talabiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 21:34 larda 1982 yilda tug‘ilgan R.Yu. (ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi) o‘zining boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 10 H 334 CB bo‘lgan Cobalt rusumidagi avtomashinasida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda, o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlangan.
Hududda xizmat olib borayotgan IIO xodimlarining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, harakatni davom ettirib, bir nechta transport vositalariga texnik shikast yetkazgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu fuqaro tomonidan boshqa fuqarolarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida IIO xodimlari tomonidan tabel qurolidan foydalanilib, ogohlantirishdan so‘ng avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzish orqali to‘xtatilgan va keyingi noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l talashib, ayol kishini haqorat qilgan haydovchi 15 sutkaga qamalgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust