Bosh vazir 2 kun tibbiy muolaja oladi
Olam
−
09:27 1266 1 daqiqa
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tibbiy tekshiruv va muolajalardan o‘tmoqda, u ikki kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda uning matbuot kotibi Tunku Nashrul Abaydah ma’lum qildi.
“Anvar tibbiy ekspertlar jamoasi belgilagan tekshiruvlar va muolajalardan o‘tmoqda”, degan matbuot kotibi.
Shuningdek, u Bosh vazirning holati yoki o‘tkazilayotgan muolajalar tafsilotlarini ochiqlamagan.
Anvarning matbuot kotibi u tez orada odatiy vazifalariga qaytishi uchun uning sog‘ligi mustahkam bo‘lishini tilab, jamoatchilikdan duo qilishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, Anvar Ibrohim 10 avgust kuni 79 yoshga to‘ldi. U 2022 yildan buyon Malayziya hukumatiga rahbarlik qilib kelmoqda.
Bosh vazir avval ham yelka va bel sohasidagi og‘riqlar bilan bog‘liq muammolarni boshdan kechirgan. 2018 yilda u yelka va bel og‘rig‘i sabab shifoxonaga yotqizilgan. O‘tgan yil noyabr oyida esa bel og‘rig‘i tufayli Paxang shtatiga rejalashtirilgan safari bekor qilingan.
Shu yil yanvar oyida Anvar muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, uning sog‘lig‘i qoniqarli deb topilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenning prostata saratoni tanasining boshqa qismlariga, jumladan suyaklariga ham tarqalgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi