Beterbiyev-Bivol revansh jangi promoroligi e’lon qilindi (video)
Sport
−
01 fevral
1687Boks bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev va da’vogar Dmitriy Bivol o‘rtasidagi revansh jangi oldidan promorolik e’lon qilindi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida joylashgan "Kingdom Arena" majmuasida 22 fevral kuni boks bo‘yicha birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev barcha kamarlarini yana bir bor Dmitriy Bivolga qarshi himoya qiladi.
Qayd etish kerak, mazkur boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov amerikalik Verjil Ortisga qarshi WBC vaqtinchalik chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.
Ma’lumot o‘rnida, ikki rossiyalik bokschi o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv 2024 yilning 12 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Beterbiyev ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozonib, birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni bo‘lgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

