Andijonda “Vatanparvar” o‘rgatuvchisi “prava” uchun pora olganda ushlandi

3-sahifa

image
Andijon viloyatida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan “Vatanparvar tashkiloti” o‘rgatuvchisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar tashkiloti” Shahrixon o‘quv sport texnika markazi o‘rgatuvchisi A.Q. haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lgan fuqaro B.Q. ga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaytadan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 850 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati tumanlarida mahkumga muddatini kamaytirib berish hamda sudda ishini yengillatib berishni aytib, pora olgan ikki advokat qo‘lga olingan edi.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing