Aerogeodeziya markazi binosi 213 mlrd sömga sotildi
Jamiyat
−
20:08 1120 1 daqiqa
Joriy yilning 26 oktyabr kuni Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan aerogeodeziya markazi binosi 213,09 mlrd sömga sotildi. Savdoda ikkita kompaniya iştirok etdi. “Utkir Shop” kompaniyasi eng yuqori narxni taklif qilib, ğolib böldi. Bu haqda “E-auksion” platformasida ma’lum qilingan.
Ob’ekt joylaşgan umumiy foydalanişdagi yer uçastkasi 1,3 gektarni, yer uçastkasidagi uluş maydoni esa 1,1 gektarni taşkil etadi. Bino va inşootlarning umumiy maydoni 9 975 kvadrat metrga teng. Savdo şartlariga köra, markaz bino sotilganidan keyin undan yana bir yil davomida bepul foydalanişi mumkin. Mazkur muddat tugagaç, ob’ekt xaridorga topşiriladi.
Oçiq manbalardagi ma’lumotlarga köra, Utkir Shop kompaniyasi 2023 yilda Samarqand viloyatida taşkil etilgan. Kompaniya mebel, maişiy tovarlar, skobya buyumlari hamda boşqa metall mahsulotlarini ulgurji sotiş bilan şuğullanadi. Ustav fondi 20 mln sömni taşkil etadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Davlat aktivlarini boşqariş agentligining ma’muriy binosi “E-auksion” elektron savdo platformasiga 165,5 milliard söm boşlanğiç narxda sotuvga qöyilgandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr