22 yildan keyin ilk bor rossiyalik tennisçi Yakuniy WTA turniri çempioni böldi

Sport

−

image

Mirra Andreyeva 22 yillik tanaffusdan söng Yakuniy WTA turniri finalida yakkalik bahslarida çempionlikni qölga kiritgan ilk rossiyalik tennisçiga aylandi. U finalda ukrainalik Elina Svitolinani mağlub etdi.

Rossiyalik 19 yoşli iqtidor egasi hal qiluvçi final uçraşuvida WTA reytingida oltinçi örinni egallab turgan ukrainalik Elina Svitolinani 7:5, 6:3 hisobida mağlubiyatga uçratdi.

Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda Svitolina eys zarbasini amalga oşira olmadi, 4 ta qöşxatoga yöl qöydi. Andreyeva 2 ta eys zarbasini ijro etib, 5 ta qöşxatoga yöl qöydi. Breyklar böyiça ustunlik 6 ga 3 körinişida Mirra foydasiga böldi. Tennisçilarning özaro uçraşuvlarida Andreyeva ustunlik qilmoqda - 3:1. Rossiyalik tenniçsi guruh bosqiçida ham Svitolinani taslim etgan edi.

Andreyevaning ğalabasiga qadar rossiyalik tennisçilar orasida faqat Mariya Şarapova uşbu musobaqada çempion bölgan edi. U 2004 yilda ğoliblikni qölga kiritgan. Şarapova keyinçalik yana ikki marta (2007, 2012), Vera Zvonaryova esa bir marta (2008) finalga çiqqan.

Ma’lumot uçun, WTA finali qattiq qoplamali kortlarda ötkaziladi. 2026 yilgi musobaqaning sovrin jamğarmasi 10 million dollarni taşkil etdi. Unda mavsum davomida eng köp reyting oçkosini jamğargan sakkiz nafar tennisçi iştirok etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing