Jizzaxda erkak 10 yashar qizni zo‘rlab, o‘zini osdi
3-sahifa
−
10:56 5402 3 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida erkak 10 yashar qizni 2 oy davomida zo‘rlab kelgani, jinoyati fosh bo‘lgacha, o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 2 oktyabr kuni jabrlanuvchi bolaning (2016 yilda tug‘ilgan) onasining arizasiga asosan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Joriy yilning 3 oktyabr kuni sud ajrimiga asosan ayblanuvchi R.A. ga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ayblanuvchi R.A. ning murdasi 4 oktyabr kuni o‘zi yashagan xonadonda arqonga osilgan holda topilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Namangandagi bog‘chada fojia
Avvalroq, Namangan viloyatidagi bog‘chada ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchini zo‘rlagani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan joriy yilning 12 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi (Nomusga tegish) 4-qismi va 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan K. M. protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, yshbu voqea ortidan O‘zbekistondagi bog‘chalarda xodimlarni tekshirish boshlangandi hamda yuz bergan ko‘ngilsiz holatni atroflicha o‘rganish, mas’ullarning xizmat vazifasiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ishchi guruh tuzilgandi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdimnoma kiritgan. Mazkur holat bo‘yicha tergovni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev shaxsan nazoratga olgan.
Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 5 yashar qizni zo‘rlagan ombor mudiriga maksimal og‘ir jazo berilishini bildirgan edi. Namangandagi 5 yashar qizaloq bilan bog‘liq fojia ortidan uning oilasi boshqa shaharga ko‘chirilib, ularga uy-joy va zarur reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi ham ma’lum qilingan.
Pedofillarga umrbod qamoq
Namangandagi fojia ortidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva va Bolalar ombudsmani bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini joriy etish taklifini ilgari surdi. Keyinroq O‘zbekistonda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlikni keskin kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi va ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Keyinroq qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ham ko‘rib chiqildi va ma’qullandi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan sodir etilgan nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari uchun 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilanmaoqda.
Live
Barchasi