JCH yarim final o‘yindan keyin Fransiyada tartibsizliklar boshlandi

Sport

image

Nitssada Fransiya terma jamoasi Qatardagi Jahon chempionati yarim finalida marokashliklarni mag‘lub etganidan so‘ng, muxlislar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi. Bu haqda "Le Figaro" gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, o‘yin yakunlanganidan so‘ng bir necha guruhlar ishtirokida Massena maydonida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Asosan fransiyalik va marokashlik yosh qatlam o‘rtasida janjal bo‘lgani qayd etildi. Mojaro ishtirokchilari bir-biriga qarata pirotexnika vositalari, tosh va shishi idishlarni otgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiya agressiv olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.

Shuningdek, OAV Monpele va Avinon shaharlarida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bermoqda. Parijdagi Yelisey maydonida ham katta olomon to‘plangan, biroq u yerda ko‘p sonli politsiyachilar navbatchilik qilayotgani uchun tartibsizliklar kuzatilmagani ma’lum bo‘ldi.

Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Marokashni 2:0 hisobida mag‘lub etdi va o‘z tarixida to‘rtinchi bor Jahon chempionati finaliga chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya JCH2022

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing