Zelenskiy Si Szinpin bilan suhbatining tafsilotlarini oshkor qildi
Olam
−
30 aprel 2023 19266 1 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon suhbatiga izoh berdi va u bilan shaxsiy uchrashuvni muhokama qilmaganligini aytdi. Bu haqda u Chexiya Prezidenti Petr Pavel va Slovakiya Prezidenti Zuzana Chaputova bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida gapirdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ular Xitoy Kommunistik partiyasi rahbari bilan ehtimoliy uchrashuvni muhokama qilmagan, ammo ular tinchlik formulasi, mahbuslarni ozod qilish, yadroviy xavfsizlik, don eksporti va Rossiyaga qurol yetkazib berish imkoniyatlari haqida gaplashgan.
“Biz muhim narsalarni suhbatlashdik. Kelgusi uchrashuvlarga kelsak, bu haqda gaplashmadik”, degan Ukraina Prezidenti.
Bundan tashqari, Zelenskiy suhbat davomida Xitoy rahbarini asirga olingan ukrainaliklar va Rossiya tomonidan olib ketilgan bolalarni qaytarishga yordam berishga chaqirganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Zelenskiy Si Szinpin bilan telefonda muloqot o‘tkazgan, BMT esa mazkur suhbatni ijobiy baholagan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28