Zafarobod hokimi xizmat mashinasida YTHga uchradi
3-sahifa
−
02 sentabr 9273 2 daqiqa
Joriy yilning 30 avgust kuni Jizzax viloyatining Zafarobod tumani hokimi G‘ayratjon Eshpo‘latov o‘ziga biriktirilgan xizmat avtomobilida YTHga uchradi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
.jpg)
Keyinroq, Zafarobod tumani hokimligi matbuot xizmati ham ushbu holatni tasdiqlab, qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, hodisa 30 avgust kuni soat 07:45 larda Zafarobod tumani Nurafshon MFY hududidan o‘tuvchi 25V-037 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zafarobod tumani “Pistalikent” SHFY, Tinchlik ko‘chasi, 40 uyda yashovchi, haydovchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi B. Mo‘minov MAZ rusumli yuk avtomobilini Zafarobod yo‘nalishida boshqarib borayotgan bo‘lgan. U chap tomonga burilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan Zafarobod tumani hokimi G‘. Eshpo‘latov boshqaruvidagi KIA Seltos rusumli xizmat avtomobilining yo‘liga chiqib ketgan. Oqibatda to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
.jpg)
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tuman hokimi G‘. Eshpo‘latov hamda avtomobilda yo‘lovchi sifatida bo‘lgan uning voyaga yetmagan o‘g‘li Sh. Eshpo‘latov turli darajadagi tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. B. Mo‘minov esa tan jarohati olmagan.
Mazkur holat yuzasidan Zafarobod tuman prokuraturasi tomonidan 2026 yil 30 avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, G‘ayratjon Eshpo‘latov 2024 yil mart oyidan buyon Jizzax viloyatining Zafarobod tumaniga hokimlik qilib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Tomdi tumani sudining raisi Aziza Mirzayeva YTHda vafot etgan edi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr