Yozuvçi sun’iy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob yozib, mln dollar işladi
Olam
−
24 Oktyabr 4634 2 daqiqa
Janubiy afrikalik yozuvçi Koral Hart 2025 yilning fevralidan buyon sun’iy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob naşr etdi. Uning asarlari millionlab nusxada sotildi, daromadi esa 1 million dollardan oşgan. Bu haqda “African news” naşri xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, Koral Hart yozuvçining haqiqiy ismi emas, balki taxallusi. U sun’iy intellektdan foydalanişga qarşi bölgan kişilarning tahdidlari va minglab ğazabli xabarlaridan himoyalaniş uçun öz ismini oşkor qilmaydi.
Yozuvçining aytişiça, sun’iy intellektdan foydalanişni boşlaşidan oldin u 14 yil davomida naşriyot sohasida işlagan va önlab asarlarni mustaqil ravişda yozgan. U kitob yoziş imkonini beradigan tizim işlab çiqiş uçun turli sun’iy intellekt modellarini örganişga uç oy vaqt sarflagan.
“Men dialoglarni juda yaxşi yozadigan, ammo badiiy nasrda unçalik kuçli bölmagan ChatGPT bilan işlayman. Claude’da voqealar rivoji yaxşi şakllanadi, biroq u erotik mavzularda qiynaladi. Grok kabi boşqa modellar esa mutlaqo boşqarib bölmaydigan bölsa-da, ehtirosli sahnalarni yozişda yaxşi”, deya tuşuntirgan Koral Hart.
Yozuvçi avval asarning asosiy ğoyasi, uslubi, qahramonlar tafsilotlari va boblar tuzilişini özi belgilaydi. Şundan keyingina sun’iy intellekt tizimi kitob matnini yozadi. Uning romanlaridan biri hatto Amazon platformasidagi eng köp sotilgan 100 ta kitob qatoriga kirgan.
Hartning öz hisob-kitoblariga köra, u elektron, bosma va audiokitob formatlarida jami bir milliondan ortiq nusxa sotgan. Joriy yilning özida esa uning daromadi 1 million dollardan oşgan. Bu taxminan 11 milliard 947 million özbek sömiga teng.
Şunga qaramay, yozuvçi sun’iy intellektdan foydalaniş usuli sababli tanqid va tahdidlarga duç kelmoqda. U esa texnologiya yordamida kitob yoziş yondaşuvini himoya qilişda davom etmoqda.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr