Fransiyada SI yordamida yozilgan kitoblar uçun mukofot ta’sis etildi

Texnologiya

−

image

Fransiyada inson tomonidan sun’iy intellekt bilan hamkorlikda yozilgan asarlar uçun “Prix Pascal” har yillik adabiy mukofoti ta’sis etildi. Bu haqda joriy yilning 21 oktyabr kuni mukofotning uç nafar muassisi – texnologiya sohasidagi tadbirkorlar ma’lum qildi. 

Qayd etilişiça, mukofot “Paskal mukofoti” nomini olgan. U fransuz tilida yozilgan, hajmi 10 000 dan 50 000 gaça sözdan iborat badiiy asarlar uçun möljallangan.

Loyiha taşkilotçilari ariza topşirişda mualliflar matnni yozişda aynan qaysi sun’iy intellekt vositalaridan va matnli sörovlar (promptlar)dan foydalanganliklarini oçiq-oşkora körsatişlari kerakligini ta’kidlamoqda.

Mukofot muassislari bugungi kunda yozuvçilar tomonidan neyrotarmoqlardan foydalanişni tartibga solişda qiyinçiliklarga duç kelayotgan an’anaviy adabiy tanlovlarga çaqiriq taşlaşni (bellaşişni) maqsad qilgan.

Hozirgi vaqtda hakamlar hay’ati tarkibi va mukofot jamğarmasi miqdori hali e’lon qilinmagan, biroq yaşaş joyidan qat’i nazar, fransuz tilida ijod qiluvçi har qanday muallif iştirok etiş uçun ariza topşirişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq janubiy afrikalik yozuvçi Koral Hart 2025 yil fevralidan buyon sun’iy intellekt yordamida 370 dan ortiq kitob naşr etgani va uning asarlari millionlab nusxada sotilib, daromadi 1 million dollardan oşgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing