Yana aviahalokat. AQSH osmonida 2 samolyot to‘qnashdi

Olam

image
“Ko‘rshapalakdek osilib turardik”. Kanadadagi yirik aviahalokat tafsilotlari (fotoreportaj) north_east

“Ko‘rshapalakdek osilib turardik”. Kanadadagi yirik aviahalokat tafsilotlari (fotoreportaj)

Kecha, 19 fevral kuni AQSHning Arizona shtati janubida ikkita kichik samolyotning to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Milliy transport xavfsizligi kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, har bir samolyot bortida ikki kishi bo‘lgan. To‘qnashuv Tukson shahri yaqinidagi Marana mintaqaviy aeroporti yaqinida sodir bo‘lgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Cessna 172 xavfsiz qo‘nishga muvaffaq bo‘ldi,  Lancair 360 MK II esa uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida yerga qulab tushdi va yonib ketdi.

Halok bo‘lganlarning ikki nafari samolyotlardan birida bo‘lgan, biroq Marana politsiyasi gap qaysi biri haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Shu bilan birga, Cessna'ga tegishli bo‘lgan AeroGuard parvoz maktabi uning ikki uchuvchisi jabrlanmaganini ma’lum qildi.

“Samolyotlarning hech biri Marana aeroportida joylashgan emas. O‘t o‘chiruvchilar tezda yong‘inni o‘chirishdi”, deb ta’kidladi shahar ma’muriyati.

AeroGuard matbuot kotibi Mett Panichas voqea tafsilotlarini izohlashdan bosh tortdi, biroq kompaniya tergov bilan hamkorlik qilayotganini aytdi.

“Ushbu fojiada ikki kishining halok bo‘lganidan chuqur qayg‘udamiz. Biz ularning oilalari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Marana aeroporti ikkita kesishgan uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega, ammo boshqaruv minorasisiz ishlaydi. Ko‘p million dollarlik loyiha doirasida rejalashtirilgan yangi minora qurilishi COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirilgan. Qo‘shma Shtatlardagi aksariyat aeroportlarda boshqaruv minoralari ham yo‘q. Bunday hududlarda uchuvchilar parvoz va qo‘nishlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus radiokanaldan foydalanadi.

To‘qnashuv o‘tgan oy davomida Shimoliy Amerikada sodir bo‘lgan bir qator yirik aviatsiya hodisalari fonida yuz berdi. Torontoga qo‘nayotganda ag‘darilgan Delta samolyoti, Alyaskada yo‘lovchi samolyotining qulashi va yanvar oxirida Vashingtondagi fojia, American Airlines yo‘lovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 67 kishi halok bo‘lganlar shular jumlasidandir.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot Arizona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing