O‘zbekistonlik ayol Turkiyada bir erkakning boshiga qarata o‘q uzdi
3-sahifa
−
28 noyabr 2023 12665 1 daqiqa
Turkiyaning Qirqlareli shahrida o‘zbekistonlik 26 yoshli ayol mahalliy fuqaroga to‘pponcha bilan o‘t ochib, uni boshidan yaraladi. Bu haqda Turkiyaning mahalliy nashrlari yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 20 noyabr oqshomida Luleburgaz tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, kafega kelgan Murod Ayata ismli xo‘randa va shu kafeda ishlagan o‘zbekistonlik 26 yashar Gulnora Tojiboyeva o‘rtasida janjal chiqqan. Iddao qilinishicha, ayol erkakning yonidagi to‘pponchani olib, unga qarata o‘q uzgan. Boshidan og‘ir jarohat olgan erkak zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Ushbu voqeadan so‘ng, Gulnora Tojiboyeva qochishga uringan, biroq politsiya uning izini yo‘qotmay, qo‘lga olgan. Shuningdek, kafe egasi ham ushlangan. Tergov-surishtiruv ishlaridan keyin kafe egasi qo‘yib yuborilgan, o‘zbekistonlik ayol esa sud qarori bilan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik 19 yashar qiz 7 yashar ukasini do‘pposlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025