O‘zbekistonlik ayol Turkiyada bir erkakning boshiga qarata o‘q uzdi

3-sahifa

image

Turkiyaning Qirqlareli shahrida o‘zbekistonlik 26 yoshli ayol mahalliy fuqaroga to‘pponcha bilan o‘t ochib, uni boshidan yaraladi. Bu haqda Turkiyaning mahalliy nashrlari yozmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 20 noyabr oqshomida Luleburgaz tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, kafega kelgan Murod Ayata ismli xo‘randa va shu kafeda ishlagan o‘zbekistonlik 26 yashar Gulnora Tojiboyeva o‘rtasida janjal chiqqan. Iddao qilinishicha, ayol erkakning yonidagi to‘pponchani olib, unga qarata o‘q uzgan. Boshidan og‘ir jarohat olgan erkak zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Ushbu voqeadan so‘ng, Gulnora Tojiboyeva qochishga uringan, biroq politsiya uning izini yo‘qotmay, qo‘lga olgan. Shuningdek, kafe egasi ham ushlangan. Tergov-surishtiruv ishlaridan keyin kafe egasi qo‘yib yuborilgan, o‘zbekistonlik ayol esa sud qarori bilan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik 19 yashar qiz 7 yashar ukasini do‘pposlab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing