O‘zbekiston tadbirkorlari ham dron hujumlaridan zarar ko‘rdi – Wildberries asoschisi (video)
Olam
−
01 avgust 10034 2 daqiqa
Wildberries asoschisi va bosh direktori Tatyana Kim Ukraina dronlarining kompaniya logistika ob’ektlariga qilgan hujumlari oqibatida O‘zbekiston va boshqa bir qator mamlakatlar tadbirkorlari milliardlab zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 31 iyul kuni o‘zining Telegram-kanalidagi e’lon qilingan viduomurojaatida aytdi.
Kim videomurojaatida Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Belarus, Armaniston, Xitoy va boshqa davlatlardan bo‘lgan tadbirkorlar ushbu hujumlar oqibatida katta iqtisodiy yo‘qotishlarga duch kelganini ta’kidlagan.
“Shuning uchun bizga qilingan hujumlar bir vaqtning o‘zida o‘nta mamlakatdagi yuzlab million odamlarga qarshi qaratilgan hujumlardir”, degan u.
Tatyana Kimning aytishicha, kompaniya har kuni o‘z ob’ektlarining himoyasini kuchaytirib, dronlar hujumlarining katta qismini qaytarmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, logistika markazlari mavjud himoya vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, xavfsizlik tizimlari muhandislik yechimlari asosida muntazam takomillashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil iyul oyida Wildberries’ning logistika infratuzilmasi Ukraina dronlarining bir qator hujumlariga uchragandi. Xususan, 18 iyul kuni Moskva viloyatidagi Elektrostal va Tambov viloyatidagi Kotovsk taqsimlash markazlari nishonga olindi.
Shundan so‘ng, 24 iyul kuni Sankt-Peterburg, Leningrad viloyati va Simferopoldagi omborlarga ham zarbalar berildi. 29–30 iyul kunlari Penza, Sarapul, Perm va Ryazan shaharlaridagi ob’ektlarda hujumlardan keyin yong‘inlar qayd etildi.
Shuningdek, kecha, 31 iyul kuni esa Volgograd viloyati va Tatarstanda joylashgan Wildberries logistika ob’ektlari ham dron hujumlariga uchradi.
Live
Barchasi