O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi Londonda tarixiy IPO'ni amalga oshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining xalqaro maydonga chiqishi nafaqat moliyaviy bitim, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jahon kapital bozorlari bilan integratsiyalashuvining muhim bosqichiga aylangan. Bunday fikr bugun, 18 may kuni UzNIF’ning London fond birjasidagi tarixiy IPO marosimida bildirildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi O‘zbekiston hukumati bilan davlat korxonalarida samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli va barqaror bizneslarni shakllantirish hamda mahalliy kapital bozorini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotganidan faxrlanadi”, deydi Franklin Templeton bosh ijrochi direktori Jenni Jonson.

Ta’kidlanishicha, UzNIF aksiyalarining xalqaro maydonga chiqishi nafaqat moliyaviy bitim, balki O‘zbekiston iqtisodiyotining ochiqligi va jahon kapital bozorlari bilan integratsiyalashuvining muhim bosqichiga aylangan.

Mutaxassislar fikricha, dunyoning eng yirik investitsiya kompaniyalari tomonidan bildirilayotgan bunday e’tiroflar O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga xalqaro ishonch tobora ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq London fond birjasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) jarayoniga bag‘ishlangan rasmiy marosim bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi. Mazkur voqea O‘zbekiston kapital bozorini xalqaro moliya maydoniga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, mamlakat iqtisodiyoti tarixida yangi sahifa ochadi.

Rasmiy marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi Obid Hakimov va boshqa mas’ullar ishtirok etmoqda.  


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing