SpaceX’ning minglab xodimlari millionerga aylanishi mumkin
Olam
−
13 iyun 1523 1 daqiqa
SpaceX aksiyalari savdosi bilan shug‘ullangan investitsiya platformasining ma’lum qilishicha, kompaniyaning 4400 nafar xodimi muvaffaqiyatli IPO’dan so‘ng millionerga aylanadi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, San-Fransiskodagi SpaceX aksiyalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Hill.com” investitsiya platformasi NYT jurnalistlariga Ilon Maskning SpaceX kompaniyasining minglab xodimlari muvaffaqiyatli IPO joylashtiruvidan so‘ng millionerga aylanishini aytgan.
Platforma tahlillariga ko‘ra, SpaceX’ning 4400 nafardan ortiq hozirgi va sobiq xodimlari IPO’dan keyin katta ehtimol bilan millionerga aylanadi. Ulardan 400 nafarga yaqini 100 million dollar yoki undan ko‘proq mablag‘ ishlab olishi kutilmoqda.
“Odatda ko‘plab IPO jarayonlarida faqat kompaniya asoschilarigina milliarderga aylanishadi. Bir yo‘la 400 kishining 100 million dollarlik chegaraga yetishi juda kam uchraydigan hodisa. Bu mazkur yerda ulkan boylik yaratilayotganidan dalolat beradi”, deydi investitsiya platformasi asoschisi Endryu Benson.
SpaceX vakillari jurnalistlarning ushbu masala yuzasidan so‘rovlariga javob qaytarmagan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha SpaceX’ning IPO’si Ilon Maskni trillioner maqomiga olib chiqishi ma’lum bo‘lgan edi – kompaniya o‘z aksiyalari narxini bir dona aksiya uchun 135 dollar darajasida e’lon qildi.
Live
Barchasi